locale OZ

\"Napoli\" Italiya A seriyasi chempioni!

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
"Napoli" Italiya A seriyasi chempioni!
Photo: gettyimages

Italiya A seriyasi 2024/25 mavsumining so'nggi turi doirasidagi hal qiluvchi ikki muhum uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda chempionlik masalasini o'z qo'lida ushlab turgan “Napoli” uyda “Kalyari”ni qabul qilgan bo'lsa, "skudetto" g'olibligi uchun yana bir nomzod Milanning “Inter” klubi mehmonda “Komo 1907” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Bir hil vaqtda boshlangan ushbu qarama-qarshiliklarda har ikki nomzod ham ikki to'p farqi bilan g'alaba qozondi. Shunday qilib Italiya A seriyasining 38-turidan keyin, “Napoli” 82 ochko to'plab birinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda turnir chempioniga aylandi. “Inter” esa chempiondan atigi bir ochko kam to'plagan holda 81 ochko bilan ikkinchi o'rinni qayd etdi.

Italiya A seriyasi 38-tur

“Napoli” 2:0 “Kalyari”

Gollar: Mak Tominay 42, Lukaku 51.

Italiya A seriyasi 38-tur

“Komo 1907” 0:2 “Inter”

Gollar: De Vrij 20, Korrea 51.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting