Namangan viloyati hokimi: Bu yilgi mavsum o'tish vazifasini bajardi, kelasi mavsumdan \"Navbahor\" tubdan o'zgaradi
Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov klub qarorgohida lochinlarning ko'plab muxlislari bilan uchrashdi.
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
29.11.2025, Yak.
Navbahor Namangan
1
Paxtakor Toshkent
1
Superliga so'nggi turi doirasida"Navbahor" - "Paxtakor" (1:1) jamoalari o'zaro kuch sinashdi.
Ushbu ikki jamoalar o'rtasidagi o'yindan keyin Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov klub qarorgohida lochinlarning ko'plab muxlislari bilan uchrashdi.
Unda bu yilgi mavsum o'tish vazifasini bajarganligi, kelasi mavsumdan namanganliklar tubdan o'zgargan holda, avvalgi mavqesini tiklash uchun kurashishi ta'kidlab o'tildi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor