locale OZ

Muhsin Ubaydullaev navbatdagi ikki mavsumda buyuk chinorlar safida faoliyat olib boradi

Futbolchi ushbu mavsumda Superliga doirasida 27 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2387 daqiqa harakat qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhsin Ubaydullaev navbatdagi ikki mavsumda buyuk chinorlar safida faoliyat olib boradi
photo: Neftchi FK

Farg'onaliklarning himoya qo‘rg‘onida o‘zining ishonchli va sifatli o‘yini bilan Neftchining chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shgan tajribali himoyachi Muhsin Ubaydullaev navbatdagi ikki mavsumda buyuk chinorlar safida faoliyat olib boradi.

Muhsin Ubaydullaev ushbu mavsumda Superliga doirasida 27 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2387 daqiqa harakat qilgan. Uning barqaror va professional o‘yini jamoaning himoya chizig‘ini mustahkamlaydi va raqiblarga qarshi ishonchli o‘yin namoyish etadi.

"Ishonamizki, Muhsin Ubaydullaev yangi mavsumda ham jamoamiz tarkibida ishonchli o‘yini bilan muxlislarni xursand etishda davom etadi va jamoaning yuksak maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynaydi.

Futbolchiga klubimiz safida omad, sog‘liq va yorqin g‘alabalar tilaymiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting