“Milan” yana murabbiyini almashtirishi mumkin
FOTO: Getty Images
Italiyaning “Milan” klubi rahbariyati Serxio Konseysaoni iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Roberto De Zerbi “rossonerilar” bosh murabbiyligi uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Shuningdek, A Seriya grandining short-listidan Antonio Konte va Maksimiliano Allegri ham o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, “Milan” mavsumni Paulo Fonseka bilan boshladi. Ammo o'tgan yilning dekabr oyida klub portugaliyalik mutaxassisni lavozimidan ozod etdi va o'rniga Serxio Konseysao tayinlandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist