«Milan» — «Komo» uchrashuvi Avstraliyada boʻlib oʻtadi
A Seriya prezidenti Etsio Mariya Simonelli Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Milan» — «Komo» uchrashuvi Avstraliyada bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
«“Milan” — “Komo” o‘yini dastlab rejalashtirilganidek 8 fevral kuni Pert shahrida o‘tkaziladi. Dohada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuvim bo‘ldi — har doimgidek, juda iliq suhbat kechdi. Biz ilgari surilgan ayrim shartlar bo‘yicha suhbatlashdik, ularni majburiy emas deb hisobladik. Masalan, o‘yinni Osiyo futbol konfederatsiyasi hakamlariga topshirish taklifi bor edi, chunki biz italyan hakamlariga ishonamiz.
Biroq FIFA hakamlar qo‘mitasi raisi Pyerluiji Kollina Osiyo hakamlarining sifati borasida bizni ishontirdi va u yerdagi ayrim yuqori saviyadagi mutaxassislarni misol qilib keltirdi. Bu g‘oyani qabul qilish eng qiyin masala bo‘ldi va eng katta to‘siq ham shu edi, ammo Kollinaning dalillaridan so‘ng barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdik», — dedi Simonelli Sport Mediasetga bergan intervyusida.