locale OZ

\"Milan\" Allegri bilan 3 yillik shartnoma taklif qildi

Murabbiy "Milan"dan ko'proq maosh so'ramoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Milan" Allegri bilan 3 yillik shartnoma taklif qildi
Photo: Getty Images

“Milan” Massimiliano Allegri bilan kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “rossoneri” Allegri bilan muzokara o'tkazgan. Klub 57 yoshli mutaxassisga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Yiliga 3,5 million yevro atrofida maosh berishga tayyor.

Allegri esa “Milan”dan yiliga 5 million yevro atrofida maosh olishni so‘ragan. “Napoli” ham Massimiliano bilan bog‘lanib, 2 yillik bitim va 6 million yevro maosh berishini ma’lum qilgan.

Murabbiy hali bir qarorga kelmagan. “Milan” Allegri bilan kelisha olmasa, Tiago Motta bilan bog‘lanishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting