locale OZ

Medallar taqdirini hal qiladigan o‘yin: «Dinamo» so‘nggi turda Qarshida «Nasaf»ga qarshi o‘ynaydi

Bu bahs Superligada kumush yoki bronza medalini aniqlab beradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Medallar taqdirini hal qiladigan o‘yin: «Dinamo» so‘nggi turda Qarshida «Nasaf»ga qarshi o‘ynaydi
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” jamoasi mavsumdagi so‘nggi uchrashuvini safarda o‘tgan yilgi chempion “Nasaf”ga qarshi o‘tkazadi.

Na faqat Superliga 30-turining, balki mavsumning eng muhim to‘qnashuvlaridan biriga aylangan Samarqand va Qashqadaryoning bosh klublari o‘rtasidagi bahs Superligada kumush yoki bronza medalini aniqlab beradi.

2025 yilgi mavsumda eng katta o‘sishga erishgan Vadim Abramov boshchiligidagi “Dinamo” jamoasining tarixiy bahsida yuzlab muxlislar jamoamizni qo‘shni viloyatda qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Birinchi davradagi o‘zaro bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, 2024 yilgi Qarshidagi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Bu safar jamoamizning har bir a’zosi ko‘hna shahar jamoasi tarixidan joy olishni maqsad qilgan.

Butun mavsum davomida qariyb 4,5 million aholiga ega Samarqand viloyat ahliga olam-olam quvonch va hayajonli lahzalarni taqdim etgan “Dinamo” jamoasi mavsumni tarixiy natija bilan yakunlash uchun so‘nggi soniyalargacha kurashadi.

Superliga. 30-tur
29 noyabr (shanba)
“Nasaf” - “Dinamo”
O‘yin boshlanish vaqti: 15:00
Stadion: Qarshi, “Markaziy”.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting