locale OZ

Mbappe «Real» safida o‘ziga xos natija qayd etdi

Fransiyalik hujumchi La Liganing dastlabki 9 turida 10 ta gol muallifiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real» safida o‘ziga xos natija qayd etdi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
19.10.2025, Yak.
Xetafe
0
Real Madrid
1

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe «Real Madrid» safida La Liganing 9-turida qahramonga aylandi. U «Xetafe»ga qarshi safar uchrashuvida yagona gol muallifi boʻlib, jamoasiga 1:0 hisobidagi gʻalabani taqdim etdi.

Mbappe bellashuvning 80-daqiqasida Arda Gulerning uzatmasidan soʻng gol kiritdi. Bu gol Kilian uchun Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi o‘ninchisi boʻldi. Shuningdek, futbolchining hisobida 2 ta golli uzatma ham mavjud.

Shu tariqa, Mbappe 2014/2015 yilgi mavsumdan beri «Real» safida La Liganing dastlabki 9 turida 10 yoki undan koʻp gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Oxirgi bor bunday natijaga Krishtianu Ronaldu erishgan edi. Oʻshanda portugaliyalik yulduz 17 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Kilian Mbappe 2024 yilning yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting