La Liga. «Real» Mbappening goli evaziga «Xetafe»ni magʻlub etib, 1-o‘ringa qaytdi
Ispaniya La Ligasining 9-turidan oʻrin olgan bahsda Madridning «Real» klubi safarda «Xetafe» mehmoni boʻldi va minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 80-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritildi. Jamoalar qanchalik harakat qilmasin, uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi.
Shu tariqa, «Real» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 24 taga yetkazib olib, birinchi oʻringa qaytdi. «Xetafe» esa 11 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
La Liga. 9-tur
«Xetafe» — «Real» 0:1
Gol: Mbappe (80).
Xetafe — Soriya, Femenia (Nyom, 76), Iglesias, Duarte, Jene, Arambari, Milya, Martin (Kamara, 87), Riko, Sankris, Liso (da Koshta, 90).
Real — Kurtua, Valverde, Karreras, Alaba (Achensio, 46), Militao, Kamavinga (Guler, 65), Bellinghem (Gonsalo Garsiya, 86), Chuameni, Mastantuono (Vinisius, 55), Rodrigo (Dias, 86), Mbappe.