locale OZ

Mbappe qachon «Real» mashgʻulotlariga qaytishi maʼlum boʻldi

Fransiyalik hujumchi JCh-2026 saralashidan oʻrin olgan Ozarbayjonga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe qachon «Real» mashgʻulotlariga qaytishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
19.10.2025, Yak.
Xetafe
0
Real Madrid
1

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe milliy jamoa safida olgan jarohati sababli «qaymoqranglilar» mashgʻulotiga biroz kechroq qaytadi. Bu haqda El Chiringuito nashriga tayanib Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, futbolchi mashgʻulotlarga payshanba kuni qoʻshiladi, «Real»ning boshqa aʼzolari esa seshanba kuni mashgʻulotlarga kirishgan.

Shunga qaramay, Mbappening 19 oktyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan La Liga 9-turidagi «Xetafe»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, fransiyalik hujumchi JCh-2026 saralash bosqichidan oʻrin olgan Ozarbayjonga (3:0) qarshi oʻyinda jarohat olgandi.

Maʼlumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting