locale OZ

Mauro Brazil – «Dinamo» futbolchisi

2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirayotgan «Dinamo» PFK legioner futbolchi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mauro Brazil – «Dinamo» futbolchisi
photo: Dinamo fk

2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirayotgan «Dinamo» PFK legioner futbolchi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qiladi.

Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan jamoamiz safiga urugvaylik Mauro Brazil kelib qo‘shildi. 26 yoshli legioner himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Mauroning so‘nggi klubi Urugvay chempionati vakili «Serro-Largo» klubi bo‘lib, 2025 yilda Klausurada 5-o‘rinni egallagan.

Mauro Brazil o‘z vaqtida Urugvay U20 yoshlar jamoasi safida 10ta o‘yinda maydonga tushgan. Shuningdek, u Urugvay milliy jamoasiga ham chaqirilgan bo‘lib, debyutini 2024 yilda Kosta-Rikaga qarshi bahsda (0:0) o‘tkazib, markaziy himoyada harakat qilgan.

Mauro Brazil – «Dinamo» tarixidagi urugvaylik ilk o‘yinchiga aylandi. Ishonamizki, Brazil barchaning ishonchini oqlaydi va Samarqand klubida katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

🇺🇾 Bienvenido, Mauro Brasil!

Ma’lumotnoma:
Mauro Alexandro Brazil
Tug‘ilgan joyi: Montevideo, Urugvay.
Tug‘ilgan sanasi: 27 aprel, 1999 yil
Ampluasi: Markaziy himoyachi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting