locale OZ

Matić «Sassuolo» futbolchisiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Matić «Sassuolo» futbolchisiga aylandi
Фото: Sassuolo

Serbiyalik yarim himoyachi Nemanja Matić faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.

37 yoshli futbolchi “Sassuolo” bilan shartnoma imzoladi. U klub bilan 2026 yil yozigacha shartnoma tuzdi. Kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish mumkin.

Avvalroq u “Lion” bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilgandi. Fransiya jamoasi tarkibida 29ta o‘yin o‘tkazgan.

Matićga A Seriya begona emas. U 2022/23 yilgi mavsumda “Roma”da o‘ynagan. Shuningdek, Matić faoliyati davomida “Benfika”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalarida ham harakat qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting