Massimiliano Allegri «Milan» bilan 100 ta g‘alabaga erishgan 7-murabbiyga aylandi
«Rossonerilar» A Seriyaning 12-turida «Inter»ni minimal hisobda magʻlub etdi.
FOTO: Getty Images
Italiya A seriyasi
23.11.2025, Yak.
Inter
0
Milan
1
Massimiliano Allegri barcha musobaqalar doirasida «Milan» bilan kamida 100 ta g‘alaba qayd etgan yettinchi murabbiy bo‘ldi.
Bungacha bu marrani quyidagi mutaxassislar zabt etgan: Karlo Anchelotti, Nereo Rokko, Fabio Kapello, Stefano Pioli, Nils Lidholm va Arrigo Sakki.
Yakshanba kuni Allegri boshchiligidagi «rossonerilar» 12-tur doirasida «Inter»ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Allegri «Milan»ni 2025 yil 30 maydan beri boshqarib kelmoqda. U bundan avval ham 2010–2014 yillar oralig‘ida ushbu klubda faoliyat yuritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist