locale OZ

Mareska: «Siti» g‘alabaga munosib edi»

Entso «Bornmut»ga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mareska: «Siti» g‘alabaga munosib edi»
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
23.08.2026, Yak.
Manchester Siti
2
Bornmut
1

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya Premyer-ligasi 1-turida «Bornmut» ustidan qo‘lga kiritilgan 2:1 hisobidagi g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Rostini aytsam, bu ideal kun bo‘ldi. Hushtak chalinigach, uchrashuv boshida muxlislarning qo‘llab-quvvatlovini aks ettirgan bannerni ko‘rish men uchun juda yoqimli bo‘ldi. O‘yindan keyin ham xursand edim — biz muxlislarga uch ochkoni qo‘lga kiritish quvonchini taqdim etdik. Bu juda hissiyotlarga boy va ajoyib kun bo‘ldi.

Stadiondagi muhit fantastik edi. Bu biz munosib bo‘lgan g‘alaba. Lekin o‘yindagi xavfli vaziyatlar sonini inobatga olsak, uchrashuv yakuniga sakkiz daqiqa qolganda emas, ancha oldinroq g‘alabani ta’minlashimiz mumkin edi.

Raqib gol urgunga qadar ularda ikki-uchta imkoniyat bo‘ldi, biz esa o‘z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqib gol urib, sen esa imkoniyatlaringni boy bersang, hammasi yanada qiyinlashadi.

Ikkinchi bo‘limda esa 80-daqiqagacha raqib darvozamiz tomon birorta ham zarba yo‘llamadi. Shuning uchun g‘alabaga munosib bo‘lganimizga ishonaman», — dedi Mareska.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting