locale OZ

Husanov «Bornmut»ga qarshi o‘ynaydimi?

Bugun «Manchester Siti» o‘ynaydi.
Husanov «Bornmut»ga qarshi o‘ynaydimi?
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
23.08.2026, Yak.
Manchester Siti
2
Bornmut
1

Bugun, 23 avgust kuni, «Manchester Siti» Premyer-liganing 1-turida o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qiladi. Uchrashuv «Etihad» stadionida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning o‘yinda ishtirok etish ehtimoli yuqori. U «Manchester Siti»ning «Bornmut»ga qarshi uchrashuvi uchun qaydnomasiga kiritilgan.

Husanovning asosiy tarkibda maydonga tushishi ham kutilmoqda. Ayrim manbalar «Siti»ning ehtimoliy tarkibida o‘zbekistonlik futbolchini markaziy himoya yoki o‘ng qanot himoyasida ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Manchesterdagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting