APL. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Manchester Siti» «Bornmut» ustidan iroda ko‘rsatib g‘alaba qozondi
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bahsda to‘liq harakat qildi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
23.08.2026, Yak.
Manchester Siti
2
Bornmut
1
Angliya Premer-ligasi 1-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Bornmut"ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
26-daqiqada Markus Taverne mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
"Shaharliklar" bu goldan so‘ng o‘yin yakunida 2 ta to‘p bilan javob qaytardi. 84-daqiqada Mark Gehi, 90+1-daqiqada Yoshko Gvardiol o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bahsda to‘liq harakat qildi.
"Siti" 28 avgust kuni APL 2-turida "Kristal Pelas" mehmoni bo‘ladi. "Bornmut" esa 29 avgustda "Everton"ni qabul qiladi.
APL. 1-tur
“Manchester Siti” – “Bornmut” 2:1
Gollar: Gehi 84, Gvardiol 90+1 – Taverne 26
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist