locale OZ

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyini almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Manbaning ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Maykl Karrik jamoani yangi bosqichga olib chiqa olishiga ishonmayapti.
«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyini almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
10.10.2026, Yak.
Manchester Yunayted
1
Tottenhem
1

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyini almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Indykaila News nashri klub ichidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» yangi bosh murabbiy izlash jarayonini boshlagan. Yaqin kelajakda Manchester klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berishi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Maykl Karrik jamoani yangi bosqichga olib chiqa olishiga ishonmayapti.

Nashr vaziyatni shunday ta’riflamoqdaki, Karrikning o‘z lavozimini saqlab qolishi uchun deyarli mo‘jiza ro‘y berishi kerak.

Shuningdek, germaniyalik mutaxassis Yulian Nagelsmannning vakillari «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekani aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan Nagelsmann ayni paytda ishsiz va yangi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Qayd etish joiz, «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting