locale OZ

APL. «Manchester Yunayted» «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

78-daqiqada «Tottenhem» yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi
APL. «Manchester Yunayted» «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
10.10.2026, Yak.
Manchester Yunayted
1
Tottenhem
1

Angliya Premyer-ligasining 2026/2027-yilgi mavsumi 6-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 73-daqiqada ochildi. «Manchester Yunayted» hujumchisi Brayan Mbeumo uzoq burchakka aniq zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi.

78-daqiqada «Tottenhem» yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Shundan keyin londonliklar maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishdi.

Biroq mezbonlar son jihatidan ustunlikni g‘alabaga aylantira olishmadi. 90+2-daqiqada «Tottenhem» hujumchisi Dominik Solanke bosh bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Manchesterliklar oltita turdan keyin olti ochko bilan turnir jadvalining 12-pog‘onasini egallab turibdi. «Tottenhem» esa uch ochko bilan 18-o‘ringa ko‘tarildi.

Angliya Premyer-ligasi. 6-tur
«Manchester Yunayted» — «Tottenhem» — 1:1
Gollar: Mbeumo (73) — Solanke (90+2).
Chetlatish: Bentankur (78).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting