Maksim Shatskix: «Hammasiga men aybdorman»
"Andijon" bosh murabbiyi "Dinamo"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.
Фото: Андижон ПФК
“Dinamo” – “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.
“O‘yin haqida ko‘p gapirmayman. Chempionatda yuz berayotgan hodisalar – bu mening aybim. Nimaiki, voqea bo‘layotgan bo‘lsa, bu mening xatoim. Jamoamizga nimadir yetishmayapti. Chempionatdagi barcha o‘yinlardagi kamchiliklar ham mening aybim. Hech narsani yashirishni xohlamayman. Hammasiga men aybdorman. Boshqa hech narsa ayta olmayman”, – deya Shatskixning so‘zlaridan keltiradi “Andijon” matbuot xizmati.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist