locale OZ

Luka Modrich Ronaldu yoki Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrich Ronaldu yoki Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

39 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 2025-yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng “Real”ni erkin agent sifatida tark etadigan Modrich “An-Nassr” va “Inter Mayami” klublaridan transfer taklifi olgan.

Bundan tashqari, xorvatga Saudiyaning “Al-Ittihod” va Braziliyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Modrich Ronaldu bilan bir jamoada o'ynash uchun “An-Nassr”ga o'tish imkoniyatlarini anchadan buyon muhokama qilib kelgan, biroq futbolchining oilasi AQSh'ga ko'chib o'tishni afzalroq variant deb hisoblamoqda.

Ma'lumot uchun, Modrich 2012-yildan buyon “Real”da o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u jamoa bilan 28 ta sovrin, jumladan, 6 bor Chempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan. Luka jamoa safida 590 ta o'yin o'tkazib, 43 ta gol va 95 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting