Luka Modrich faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubini tark etgan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 39 yoshli xavbekning xizmatlariga Milanning “Inter” klubi qiziqish bildirmoqda. “Neradzurrilar” Modrichni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Luka 2012-yildan buyon “Real” safida to'p surmoqda. Bu davr ichida u 6 marta Chempionlar Ligasi va 4 marta Ispaniya La Ligasida g'alaba qozondi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist