locale OZ

Luka Jovich “Milan”ni tark etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Jovich “Milan”ni tark etadi
Photo: Getty Images

“Milan” hujumchisi Luka Jovich yozgi transfer oynasida klubni tark etadi, deya xabar bermoqda Nikolo Skira.

Qayd etilishicha, 27 yoshli futbolchining “Milan” bilan shartnomasi iyun oyining oxirida yakunlanadi. U jamoani erkin agent sifatida tark etishga tayyor.

Jovich 2023 yil sentyabr oyida “rossonerilar” futbolchisiga aylangandi. Yakunlangan mavsumda hujumchi Italiya chempionatida 15 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Lukaning transfer narxi 2,5 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting