Luish Figo: Ronaldu yillar davomida Portugaliyani yelkasida olib yurgan
Luish Figo Portugaliya terma jamoasidagi hozirgi vaziyat haqida fikr bildirdi:
“Bu jamoadagi ayrim futbolchilar uni terma jamoada bo‘lishini xohlamayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Ular Ronalduni jamoani ortga tortayotgan futbolchi deb o‘ylashmoqda, ammo 7-raqamning mamlakat uchun qilgan barcha ishlarini unutib qo‘yishmoqda.
Yosh Krishtianu hech kimning yordamisiz ham gol ura olardi. U o‘yinlarni yakka o‘zi hal qilgan, yillar davomida Portugaliyani yelkasida olib yurgan. Krishtianu Ronaldu — Portugaliya futbolining timsoli. U hurmatga va afsonaga munosib tarzdagi xayrlashuvga loyiq.
Krishtianu ilk bor terma jamoaga chaqirilganida, katta avlod futbolchilariga doimo hurmat bilan qarardi. Hozir esa hali hech narsaga erishmagan, ammo o‘zini katta tutayotgan yoshlar bor.
Aynan u Portugaliyaga Jahon chempionatida g‘olib bo‘lish mumkinligiga ishonch bergan inson. U bugungi avlod uchun ilhom manbai bo'lishi kerak”,-dedi Figo.