locale OZ

Lionel Messi: “Ronaldu bilan do'st emasmiz, lekin...”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi: “Ronaldu bilan do'st emasmiz, lekin...”
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan bo'lgan tarixiy qarama-qarshilik haqida gapirdi.

“Men Ronalduni va uning karyerasini hurmat qilaman. U yuqori saviyada o'ynashda davom etmoqda.

U bilan raqobatimiz faqat maydonda edi... Har birimiz jamoamiz uchun qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Hammasi maydonda qoldi. Maydondan tashqarida esa biz oddiy yigitlarmiz.

Biz do'st emasmiz, chunki birga vaqt o'tkazmaymiz, lekin har doim bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo'lganmiz”, - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, Messi va Ronalduning azaliy qarama-qarshiligi asosan Ispaniya chempionatida, “Barselona” va “Real” safida o'ynaganlarida kuzatilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting