locale OZ

Levandovski faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

«Barselona» polshalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi mavsum yakunida shartnomasi tugaydigan polshalik hujumchi Robert Levandovski bilan yangi bitim imzolamaslikka qaror qildi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 37 yoshli forvardga «Fenerbahche» qiziqish bildirmoqda va unga yaxshi moliyaviy shartlarni taklif qilishga tayyor.

Shuningdek, Levandovskiga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining oʻzi hozircha ushbu mamlakatda faoliyatini davom ettirish istagida emas.

Ma'lumot uchun, polshalik hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 10 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting