locale OZ

Lazarevich: \"Ikkinchi bo‘limda tashabbusni o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik\"

Serb murabbiy yirik hisobdagi mag‘lubiyatga izoh berdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lazarevich: "Ikkinchi bo‘limda tashabbusni o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik"
Photo: Qizilqum PFK

“Qizilqum”- “Xorazm” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Nikola Lazarevich o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda bugungi Qurbon hayiti va O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan barcha o‘zbekistonliklarni chin dildan tabriklayman.

O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, biz mavsum boshida “Xorazm” bilan nazorat uchrashuvida ham kuch sinashgan edik va o‘shanda ham bu jiddiy jamoa ekanini bilgan edik. O‘tgan 10 ta turda ham jamoa o‘z dadil yurishini namoyish etdi. Bizga oson bo‘lmasligini bilardik va raqibdan bugungidek o‘yin kutgandik.

Birinchi bo‘limda raqibga markazda erkin harakat qilishga imkon bermaslikka harakat qildik. Biroq bu vazifani bajarishda anchagina qiynaldik. Ba’zi vaziyatlarda futbolchilar bir-birini tushunmadi. Birinchi gol o‘tkazilgan hududda raqib futbolchisini "opish"ga tayanch yarim himoyachilarimiz ulgurishmadi. Afsuski, aynan shu hududdan bu mavsumda darvozamizdan ko‘plab gollar o‘tkazayapmiz. O‘yindan keyin shu kabi vaziyatlarni futbolchilar bilan tahlil qilyapmiz. Ammo negadir yana va yana shu "zona"dan gollar o‘tkazayapmiz. 11 turga kelib 22 ta to‘p o‘tkazishimiz uyatli holat, albatta.

Ikkinchi bo‘limda tashabbusni o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik va rejani bir oz o‘zgartirdik. Natijada ikkinchi bo‘limda gol urish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratdik. Raqib jarima maydonchasi oldida xavfli vaziyatlar tashkil etdik. Ammo yakuniy nuqtani qo‘yishga raqib futbolchilari imkon bermadi", - deya Lazarevichning so‘zlaridan keltiradi “Qizilqum” matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting