La Liga. Yettita gol urilgan o'yinda “Barselona” “Selta”ni mag'lub etdi
Ispaniya La Ligasining 32-turida o'rin olgan bahsda “Barselona” o'z maydonida “Selta”ni qabul qilib, 4:3 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab, Ferran Torres 12-daqiqada hisobni ochdi. Biroq “Selta” bu golga 3 ta gol bilan javob berdi.
Shundan so'ng, kataloniyaliklar o'zlariga keldi va birin-ketin hujumlarni uyushtira boshladi. Bu esa o'z samarasini bermasdan qolmadi.
64-daqiqada Dani Olmo hisobni qisqartirgan bo'lsa, 68-daqiqada Rafinya oradagi muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda, ya'ni 90+8-daqiqada “Barselona” penalti ishladi va 11 metrlik nuqtadan Rafinya jamoasining g'alaba golini urdi.
Shu tariqa, “Barselona” ushbu g'alaba orqali o'z ochkolari hisobini 73 taga yetkazib olib, peshqadamlikni mustahkamladi. “Selta” esa 43 ochko bilan 7-o'rinni band etib turibdi.