Hansi Flik La Liga rahbariyatini tanqid qildi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik joriy mavsum taqvimi uchun La Liga rahbariyatini tanqid qildi.
“Bilasizmi, “Barselona” so'nggi ikki haftada nechta o'yin o'tkazdi? “Inter”ga qarshi o'yinimizda ham xuddi shunday holat takrorlanadi. “Borussiya”ga qarshi o'yinda so'ng jamoa soat ertalab 3 da qaytib kelib, soat 5 da uxlashga yotdi. Bu faqat La Ligada sodir bo'ladi.
Boshqa ligalar Chempionlar Ligasi o'yinlari vaqtida o'z klublarini himoya qiladi. Ammo dam olishga vaqtimiz yo'q. Taqvim haqida qaror qabul qiladiganlar bu haqda hech narsani tushunmaydilar. Biz hozir eng yaxshi formada emasmiz, lekin men yarim finalga chiqqanimiz uchun jamoam bilan faxrlanaman.
Agar mavsum boshida kimdir bizga “Barselona” Ispaniya Kubogi finaliga, Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqadi va La Ligada peshqadam bo'ladi, deb aytganidan, ishonmagan bo'lardik. Jamoa faqat bitta o'yinda mag'lub bo'ldi”, - deydi Flik.
Ma'lumot uchun, “Barselona” o'zining navbatdagi o'yinini ertaga, 19-aprel kuni “Selta”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi.