locale OZ

Kristian Novak – “Andijon” futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kristian Novak – “Andijon” futbolchisi
Photo: Andijan PFK

Seleksiya ishlarini faol olib borayotgan “Andijon” jamoamiz o‘z safini polyak legioner Kristian Novak bilan to‘ldirdi.

Ma’lumot uchun, Novak 1994 yilning 1 aprel kuni Polshada tavallud topgan. U markaziy himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi.

Novak faoliyati davomida “Lodz” (Polsha), “Turek” (Polsha), “Widzew Lodz” (Polsha), “Podbeskidzie” (Polsha), “Midlothian” (Shotlandiya), “Panionios” (Gretsiya), “Slaven” (Xorvatiya), “Kluj” (Ruminiya), “Bohemian” (Irlandiya) va “Zhenis” (Qozog‘iston) klublarida to‘p surgan.

Kristian Novak bunga qadar “Zhenis” tarkibida bir yarim yil faoliyat olib borgani holda u yerda 40 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Polyak legioner bilan 1,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzildi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting