locale OZ

Krishtianu Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasida yong'in kelib chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasida yong'in kelib chiqdi
FOTO: Getty Images

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning Marokashda joylashgan mehmonxonasida yong'in kelib chiqdi.

Ushbu holat 5-aprel kuni sodir bo'lgan. Yong'in xavfsizligi xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelib, vaziyatni nazoratga olishga muvaffaq bo'lgan.

Marocco World News nashri xabariga ko'ra, yong'in katta talofatlarni keltirib chiqarmagan. Bino ichida bo'lgan barcha mehmonlar va xodimlarning evakuatsiyasi to'liq ta'minlangan.

Yong'in mehmonxonaning qolgan binolariga tarqalishi oldi olingan. Mijozlar va xodimlar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zarur choralar ko'rilgan. Jabrlanganlar to'g'risida hali ma'lumot berilmagan.

Ma'lumot uchun, “Pestana CR7” mehmonxonasi 2022-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan. Hozirda mehmonxona yana odatdagidek ishlashda davom etayotgani aytilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting