locale OZ

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishni maslahat berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishni maslahat berdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishni maslahat berdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 40 yoshli forvard “An-Nassr” bilan shartnomasini 2027-yilga qadar uzaytirgandi.

“Menimcha, hech kimni ishontirish kerak emas. Keling va o'zingiz ko'ring! Men bu yerlik emasman, lekin men bu yerda o'zimni yaxshi his qilaman. Ushbu ajoyib mamlakatga tashrif buyurishni maslahat beraman. Bu yerda ajoyib madaniyat bor va bu menga juda yoqadi”, - deydi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2023-yilning yanvar oyidan buyon Saudiya klubida o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda Krishtianu “An-Nassr” safida jami 41 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting