locale OZ

Krishtianu Ronaldu mashhur rejissor bilan birga yangi kinostudiya ochdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu mashhur rejissor bilan birga yangi kinostudiya ochdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu britaniyalik kinorejissor Metyu Von bilan birgalikda UR•MARV kinostudiyasini yaratdi. Bu haqda futbolchi o'zining X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

“Bu men uchun hayotimdagi yangi bob, chunki men biznes sohasida yangi tashabbuslarni kutyapman”, - deydi Ronaldu.

“Krishtianu futbol maydonida men hech qachon yoza olmaydigan hikoyalar yaratadi. Men u bilan ilhomlantiruvchi filmlar suratga olishni intiqlik bilan kutyapman, u haqiqiy superqahramon”, - deydi Vogan.

Ma'lumot uchun, UR•MARV orqali Ronaldu va Von ikkita jangovor filmni birgalikda moliyalashtirib, prodyuserlik qilishdi va filmning uchinchi qismini suratga olishni boshlashdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting