locale OZ

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini ma'lum qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini ma'lum qildi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasining 40 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiyaning “An-Nassr” klubida davom ettirishini ma'lum qildi.

“Mening kelajagimmi? Asosan, hech narsa o'zgarmaydi. Men “An-Nassr”da qolaman”, - deya Ronalduning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Krishtianuning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 30-iyunda yakuniga yetadi. Yaqin kunlarda tomonlar yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Ronaldu o'tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting