locale OZ

Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ydi
FOTO: Getty Images
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
12.05.2025, Yak.
Al-Okhdood
0
Al Nassr
9

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni to'xtatib qo'ydi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Ronalduning bu qarorga kelishiga “An-Nassr”ning so'nggi o'yinlardagi qoniqarsiz natijalar sabab qilib ko'rsatilmoqda.

“An-Nassr” yaqinda Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida “Kavasaki Frontala”ga mag'lub bo'lgandi. Oradan ko'p vaqt o'tmay “Al-Ittihod”ga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Ma'lumot uchun, hozirda “An-Nassr” Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida 4-o'ringa tushib ketdi va Osiyo Chempionlar Ligasidan quruq qolishi ehtimoli bor. 40 yoshli Ronalduning esa riyodliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi bir yarim oydan so'ng yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting