Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan bir yoki ikki yillik shartnoma imzolaydi - Romano


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiyaning “An-Nassr” klubida o'ynashda davom etadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 40 yoshli futbolchi riyodliklar bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda. Kelishuv tafsilotlari yakuniy bosqichda ekanligi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar 1 yoki 2 yillik shartnoma imzolashi mumkin. Agar Krishtianu xohlasa, u 2027-yilning iyuniga qadar jamoada o'ynay oladi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu o'tgan mavsum “An-Nassr” safida jami 41 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19