locale OZ

Konte va Inzagi diskvalifikatsiya qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konte va Inzagi diskvalifikatsiya qilindi
FOTO: Getty Images

Antonio Konte va Simeone Inzagi A Seriyaning 30-turida qilgan xatti-harakatlari uchun bir o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Inzagi “Inter”ning “Udineze”ga qarshi o'yinida maydondan chetlatilgani uchun 5000 yevro miqdorida jarimaga ham tortildi. U uchrashuv rasmiylariga nisbatan haqoratomuz so'zlar ishlatgan.

Konte esa “Napoli”ning “Milan”ga qarshi o'yinida maydondagi beshinchi sariq kartochkasini olib, bir o'yinga chetlashtirildi.

Shuningdek, “Yuventus” va “Milan” ham 10 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Turinliklar muxlislari hakamlarning harakatlariga lazer nuri bilan qarshilik qilgani uchun, “rossonerilar” esa o'yin boshlanishini va ikkinchi bo'limni taxminan uch daqiqaga kechiktirgani uchun jazolandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting