locale OZ

Kompani bugungi bahsni maxsus hududdan UEFA hodimi nazorati ostida kuzatib boradi

Real Madridga qarshi javob uchrashuvida sariq kartochka olgan Vensan Kompani PSJ bilan o'yinda diskvalifikatsiya qilinadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kompani bugungi bahsni maxsus hududdan UEFA hodimi nazorati ostida kuzatib boradi
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
28.04.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
5
Bavariya
4

Real Madridga qarshi javob uchrashuvida sariq kartochka olgan Vensan Kompani PSJ bilan o'yinda diskvalifikatsiya qilinadi.

Bavariya bosh murabbiyining parijliklar bilan bo'ladigan o'yin uchun amal qiladigan diskvalifikatsiyasi quyidagicha bo'ladi:

  1. Kompani jamoa bilan stadionga o'yin boshlanishidan taxminan 90 daqiqa oldin avtobusda mehmonxonadan jo'nab ketadi.
  2. Avtobus stadionga to'xtab turgan paytdan boshlab Kompani jamoadan ajralib chiqishi va kiyinish xonasiga kirmasligi kerak.
  3. Vensenning jamoa bilan aloqasi bo'lmasa intervyu bera oladi.
  4. Uchrashuv davomida Kompani maxsus hududdan o'yinni kuzatib boradi. UEFA hodimi taqiqni kuzatish uchun o'sha hududga yaqin atrofda bo'ladi.
  5. Mobil telefon orqali aloqa qilish taqiqlanadi. UEFA shunga o'xshash holatlarni qat'iyan taqiqlagan.

Ma’lumot o‘rnida, 28 apreldan 29 aprelga o‘tar kechasi soat PSJ o‘z maydonida Bavariyani qabul qiladi. Bellashuv soat 00:00 da start oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting