Xvicha Kvarasxeliya: Bavariya ajoyib formada, lekin biz — PSJmiz
PSJ futbolchisi Xvicha Kvarasxeliya UEFA chempionlar ligasi doirasidagi Bavariyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
28.04.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
5
Bavariya
4
PSJ futbolchisi Xvicha Kvarasxeliya UEFA chempionlar ligasi doirasidagi Bavariyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
"Bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Bavariya hozirgi kunda ajoyib sport formasida, lekin biz PSJmiz. Biz hamma narsaga qodirmiz. Istalgan jamoani mag'lub qila olamiz. Maydonda bor kuchimizni sarflab harakat qilamiz.
Mavsum boshida Bavariyadan uchralgan mag'lubiyatni yaxshi eslayman. O'shanda biz ular kabi yaxshi holatda emas edik. Bizda jarohatlar bor edi. 2-bo'limda har narsaga qodir ekanligimizni va Bavariyani mag'lub eta olishimiz mumkinligini ko'rsatdik, ammo yetarlicha gol ura olmadik",-dedi futbolchi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor