locale OZ

“Komo” Sesk Fabregasni saqlab qolish uchun transferlarga 100 million yevro ajratmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Komo” Sesk Fabregasni saqlab qolish uchun transferlarga 100 million yevro ajratmoqchi
FOTO: Getty Images

Italiyaning “Komo” klubi Sesk Fabregasni jamoada saqlab qolish uchun qat'iy choralar ko'rmoqchi. Klub murabbiyga jiddiy loyiha taklif qilishga tayyor. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Komo” yozgi transferlar uchun taxminan 100 million yevro ajratmoqchi. Bunda jamoa oldiga kelasi mavsum yakunida yevrokuboklarga chiqish vazifasi qo'yiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Fabregasga “RB Leypsig”, “Manchester Siti” va “Barselona” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Fabregas 2024-yilning yozidan buyon “Komo”ni boshqarib kelmoqda. Klub joriy mavsum A Seriyada 48 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting