locale OZ

“Komo” Alvaro Morata bilan muzokaralar olib bormoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Komo” Alvaro Morata bilan muzokaralar olib bormoqda
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Italiyaning “Komo” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

“Komo” Morataga rasmiy taklif yubordi, hozirda muzokaralar davom etmoqda. Morata “Galatasaroy”ni tark etdi va “Milan”da qolmaydi. Hozirda tomonlar muzokaralar olib bormoqda”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, Morata o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Galatasaroy”da ijarada o'tkazdi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting