locale OZ

Kolo Muani PSJ'ni tark etadi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Kolo Muani PSJ'ni tark etadi
FOTO: Getty Images

Turinning “Yuventus” klubida ijara asosida o'ynayotgan 26 yoshli hujumchi Randal Kolo Muani yozgi transferlar vaqtida PSJ'ni butunlay tark etadi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchi ijara muddati tugaganidan so'ng parijliklar safiga qaytmaydi. Shu bilan birga, PSJ hujumchiga “Yuventus” safida Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat bergan.

Qayd etilishicha, Turin klubi forvardni saqlab qolishdan manfaatdor, biroq unga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Kolo Muani o'tgan mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting