locale OZ

Kolo Muani «Arsenal»ga qarshi oʻyinda maydonga qaytishi mumkin

«Tottenhem» hujumchisi noyabr oyi boshida jagʻidan jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kolo Muani «Arsenal»ga qarshi oʻyinda maydonga qaytishi mumkin
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
23.11.2025, Yak.
Arsenal
4
Tottenhem
1

«Tottenhem» hujumchisi Randal Kolo Muani maxsus himoya niqobida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Klub uni shimoliy London derbisida — «Arsenal»ga qarshi bahsda maydonga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.

Ma’lumki, fransiyalik futbolchi shu oy boshida «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvda Harri Maguayr bilan to‘qnashib ketgani oqibatida jag‘idan jarohat olgan edi. Kolo Muani operatsiyasiz tiklanishga muvaffaq bo‘ldi va endi qayta safga qo‘shilish uchun tayyorgarlik olib bormoqda.

Joriy mavsumda Kolo Muani «Tottenhem» safida barcha musobaqalar doirasida 8 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Fransiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kolo Muanining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting