locale OZ

«Arsenal» soʻnggi yetti yil ichida ilk bor «Tottenhem» darvozasini 4 bor ishgʻol etdi

Soʻnggi marta bunday koʻrsatkich 2018 yilning 2 dekabrida kuzatilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» soʻnggi yetti yil ichida ilk bor «Tottenhem» darvozasini 4 bor ishgʻol etdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
23.11.2025, Yak.
Arsenal
4
Tottenhem
1

Yakshanba oqshomida «Arsenal» o‘z maydonida «Tottenham»ni 4:1 hisobida yengib, APL jadvalida raqobatchisi «Chelsi»dan olti ochko oldinga chiqib oldi.

Derbida Eberechi Eze хet-trik qayd etdi, yana bir golni Leandro Trossard urdi. «Shporlar» tarkibida esa Richarlison yagona javob to'piga mualliflik qildi.

Statistik ma’lumotga ko‘ra, «Arsenal» «Tottenham»ga so‘nggi yetti yil davomida bir o‘yinda to‘rt gol ura olmagan edi. Bu natija oxirgi bor 2018 yil 2 dekabrda qayd etilgandi.

O‘sha uchrashuvda «kanonirlar» 4:2 hisobida g‘alaba qozongan, gollarni Pyer-Emerik Obameyang, Aleksandr Lyakazet va Lukas Torreyra kiritgan. «Tottenham» safida esa Erik Dayer va Harri Kane gol muallifi boʻlgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting