locale OZ

APL. «Arsenal» oʻz maydonida «Tottenhem»ni yirik hisobda magʻlub etdi

Uchrashuvda Eze xet-trik qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» oʻz maydonida «Tottenhem»ni yirik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
23.11.2025, Yak.
Arsenal
4
Tottenhem
1

Angliya Premyer-ligasining 12-tur uchrashuvidan oʻrin olgan bahsda «Arsenal» oʻz maydonida «Tottenhem»ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 36-daqiqada Leandro Trossard tomonidan ochildi. 41 va 46-daqiqada Eberechi Eze dublni rasmiylashtirdi.

55-daqiqada Risharlison maydon markazidan gol urib, hisobni qisqartirdi. 76-daqiqada esa Eze xet-trik qayd etdi.

Shu tariqa, «Arsenal» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 29 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Tottenhem» esa 18 ochko bilan toʻqqizinchi oʻrinni band etgan.

APL. 13-tur

«Arsenal» — «Tottenhem» 4:1

Gollar: Trossard (36), Eze (41, 46, 76) — Risharlison (76).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting