Klopp Germaniya terma jamoasiga 44 nafar futbolchini chaqirdi
Bu haqda The Touchline xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar ligasidagi navbatdagi bahslarga 44 nafar futbolchini chaqirdi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Klopp bo‘lajak bahslarda ikki xil tarkibdan foydalanishni rejalashtirmoqda. «Bundestim» Niderlandiya, Gretsiya bilan uy va safardagi bahslar hamda Serbiyaga qarshi bellashuvda maydonga tushadi.
Milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar orasida Jamal Musiala, Kay Haverts, Lennart Karl, Yozua Kimmix, Karim Adeyemi, Florian Virts va Nik Voltemade kabi futbolchilar bor.