locale OZ

Kivu: «Hozircha eng yaxshi jismoniy holatda emasligimizni bilardim»

«Inter» mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kivu: «Hozircha eng yaxshi jismoniy holatda emasligimizni bilardim»
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi
22.08.2026, Yak.
Inter
4
Monza
1

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyaning 1-turida «Monza» ustidan qo‘lga kiritilgan 4:1 hisobdagi g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirdi.

«Hozircha eng yaxshi jismoniy holatda emasligimizni bilardik va bu borada doimiy ravishda ishlayapmiz. Raqib pressing va ikkinchi to‘plar uchun kurashda bizga muammo tug‘dirdi. Biz bunday vaziyatlarda sekin harakat qildik. O‘yin rejasiga amal qilishni istadik, ammo harakatlarimizda biroz taranglik va shoshqaloqlik kuzatildi.

Har bir futbolchi asosiy tarkib a’zosi hisoblanadi. Uning maydonga tushishi shaxsiy fazilatlari, raqib, vaziyat va jismoniy holatiga bog‘liq. Futbolchilarimning mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida qanday ishlaganidan mamnunman. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, ta’tildan belgilangan muddatdan oldin qaytgan o‘yinchilarning fidoyiligini ham alohida ta’kidlash kerak. Bu murabbiy ko‘rishi mumkin bo‘lgan eng qadrlik holatdir», — deya Kivuning so‘zlarini klub rasmiy sayti keltirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting