locale OZ

Karlos Kuesta — \"Parma\" bosh murabbiyi

Klubni 29 yoshli mutaxassis boshqaradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlos Kuesta — "Parma" bosh murabbiyi
Photo: Getty Images

Ispaniyalik 29 yoshli Karlos Kuesta Italiyaning “Parma” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis klub bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar bitim imzolagan. Tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Murabbiyning rasmiy taqdimoti 26 iyun kuniga belgilangan.

Karlos 18 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylikni tanlagan. 2020 yilning shu kuniga qadar “Arsenal”da Mikel Artetaning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Shu tariqa Kuesta “Inter”ga bosh murabbiy sifatida yo‘l olgan Kristian Kivuning o‘rnini egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting