Kannavaro Superliga 25-turida 4ta o‘yinni tomosha qiladi
Italiyalik mutaxassis Superliga doirasidagi o‘yinlarni kuzatadi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi Qarshi shahriga yetib keldi.
Murabbiylar O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilarning o‘yinlarini kuzatish maqsadida quyidagi uchrashuvlarni stadiondan tomosha qilishi rejalashtirilgan:
16 oktyabr
“Nasaf” — “Qo‘qon-1912”
17 oktyabr
“Mash’al” — “Xorazm”
18 oktyabr
“Dinamo” — “Buxoro”
19 oktyabr
“Paxtakor” — “Qizilqum”
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist