locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Oxirgi paytlarda ketma-ket qiyin bahslar o'tkazdik»

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Surxon"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: «Oxirgi paytlarda ketma-ket qiyin bahslar o'tkazdik»
Фото: Пахтакор ПФК

Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik chiqmadi. Oxirgi paytlarda ketma-ket qiyin bahslar o‘tkazdik. Ko‘plab futbolchilar dam olmasdan maydonga tushmoqda. Shu sababli bugun o‘zgarishlar qildik, ba’zi o‘yinchilarga dam berdik. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik va bir necha imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, natijada yutuq keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldik.

Navbatdagi turga odatdagidek hozirlik qilamiz. Bu chempionat bellashuvi bo‘ladi, kubok finaligacha vaqt bor. Hech narsani berkitib o‘ynamaymiz, chunki mavsum davomida barcha bir-birini o‘rganib boradi", - dedi Tojiyev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting