Kamoliddin Tojiyev: «Bugun 90 daqiqa o‘yinni nazorat qildik»
Photo: Pakhtakor PFK
Superliga 16-turida "Paxtakor" safarda "Mash'al"ni mag‘lub etdi.
"Sherlar" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun 90 daqiqa o‘yinni nazorat qildik. Imkoniyatlarimiz bo‘ldi, ammo ulardan foydalanishda ko‘proq ishlashimiz kerak. Zaid debyutini o‘tkazdi. Uni anchadan beri o‘rganib, keyin shartnoma imzoladik. Yozgi tanaffusdan keyin mavsumdagi sur’atga qaytib olish kerak bo‘ladi", - dedi Tojiyev.
Bahrom Bobonov
Redaktor